Unai Emeri: Chempionlik haqida o‘ylamayapman
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri joriy mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish haqida o‘ylamayotganini aytdi.
“Chempionlik haqida o‘ylayapmanmi? Yo‘q, men o‘z muxlislarimiz oldida, o‘z maydonimizda bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘ylayapman. Muxlislarimizga o‘yinimiz o‘sayotganini ko‘rsatishni xohlayman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" ayni damda 18 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar