Unai Emeri: Gvardioladek murabbiyni topish qiyin

  • 02.02.2019 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri "Manchester Siti"dagi hamkasbi Xosep Gvardiolaning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

“Men ko‘plab jamoalar va murabbiylarni tahlil qilganman. Gvardioladan yaxshiroq mutaxassis topish qiyin. Pep ajoyib faoliyat olib bormoqda. Men uning jamoalarini kuzatib ko‘p narsalarni o‘rgandim”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” APLning navbatdagi turini aynan “Manchester Siti”ga qarshi safarda o‘tkazadi. Ushbu bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!