
Unai Emeri: La Ligada "Sevilya" chempion bo‘lishini istayman
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri La Liga chempionligi uchun qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi.
“Men stavka qo‘ymayman, chunki bu men uchun ta’qiqlangan. Biroq, La Ligada “Sevilya”ning chempion bo‘lishini xohlayman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ta’kidlash kerakki, andalusiyaliklar musobaqaning o‘tgan 8ta turidan so‘ng jadvalda etakchilik qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Emeri 2013-2016 yillarda “Sevilya”ni boshqargan.
Fikrlar