
Unai Emeri: O‘zil bilan munosabatlarimiz juda yaxshi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa yarim himoyachisi Mesut O‘zil bilan o‘rtalaridagi munosabati haqida gapirib o‘tdi.
“Mening Mesut bilan munosabatlarim juda yaxshi. Men u o‘zini yanada yaxshiroq ko‘rsatishi uchun yordam berishga harakat qilaman. O‘zil ham qolgan futbolchilar kabi mashg‘ulotlarda yaxshi shug‘ullanadi, berilgan topshiriqlarni bajaradi. Men uning harakatlarini diqqat bilan kuzatib boraman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar