
“Uzbek Tigers” murabbiyi To‘lqin Qilichev: Mag‘lubiyatlar ortda qoldi, buyog‘iga faqat g‘alaba qozonamiz
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” jamoalari uchrashuvi oldidan o‘zbekistonlik bokschilar murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bir yilda sportchi uch marotaba yuqori sport formasiga kira oladi, - dedi To‘lqin Qilichev. - 2016 yilda bokschilarimiz ko‘p kuch sarlfladi. WSB turnirining safarda - Xitoy va Qozog‘istonda o‘tkazilgan dastlabki ikki uchrashuvda bokschilarimiz mukammal sport formasiga ega bo‘lmagani bois yutqazdi.Albatta, hammamiz bundan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Bu mag‘lubiyatlar kelajakdagi g‘alabalarimizga turtki bo‘ladi.
“Uzbek Tigers” tarkibiga har bir vazn bo‘yicha uchtadan bokschi, ya’ni jami o‘ttiz kishi kiritilgan. Bu jangga chiqadigan bokschilarni rotatsiya qilish imkonini beradi. Bo‘lajak jangga shogirdlarim puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Hammasi uchrashuvga tayyor.
Buyog‘iga xalqimizni va muxlislarimizni faqat xursand qilishimiz kerak. 2017 yilda ham musobaqalar ko‘p. Bundan buyon hamma bizdan faqat g‘alaba kutadi. Biz esa ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.
To‘lqin Qilichev “Patriot Boxing Team” jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga Hasanboy Do‘smatov, Abdulhay Shorahmatov, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Zuhriddin Mahkamovni jalb qilgan.
Fikrlar