"Uzbek Tigers" ikkinchi uchrashuvga o‘ta kuchli bokschilarni jalb qildi

  • 16.02.2017 00:02
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks olamida eng nufuzli musobaqaga aylanib borayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi ikkinchi uchrashuvini Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

 

Dastlabki uchrashuvda safarda Xitoyning "China Dragons" bokschilariga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoamiz murabbiylari ikkinchi uchrashuvga o‘ta kuchli tarkib - Rio Olimpiadasida o‘zini ko‘rsatgan charm qo‘lqop ustalarini jalb qildi.

18 fevral kuni Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahridagi "Zhastar Sports Palace" sportu majmuasi mezbonlik qiladigan "Astana Arlans Kazakhstan" - "Uzbek Tigers" uchrashuvi beshta vazn toifasida o‘tkaziladi.

"Uzbek Tigers" jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:

52 kg: Abrorjon Qodirov,

60 kg: Murodjon Ahmadaliev (Olimpiya o‘yinlari sovrindori),

69 kg: Shahram G‘iyosov (Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi),

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev (Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi),

+91 kg: Bahodir Jalolov.

Murabbiylar shtabi To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jaevdan tarkib topgan. Jamoa shifokori vazifasini Komiljon Rasulov bajaradi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!