“Uzbek Tigers" va "Patriot boxing team" superjangga tarkibni e’lon qildi

CHERY AUTO

Tecno
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari sport olamining eng nufuzli musobaqasiga aylandi. Bu turnirda kuchli boks maktablari va an’analariga ega bo‘lgan mamlakatlar bokschilari g‘oliblik uchun kuch sinashishmoqda.

WSB turnirining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhida Xitoyning "China Dragons", Rossiyaning "Patriot boxing team" va Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bilan raqobatlashmoqda.

O‘zbekiston jamoasi dastlabki ikki uchrashuvni safarda o‘tkazib, "China Dragons" vakillari 2:3, "Astana Arlans Kazakhstan" bokschilariga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Endi “Uzbek Tigers" yangi mavsumdagi ilk uy uchrashuvini 4 mart kuni Rossiyaning "Patriot boxing team" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Har ikki jamoa Toshkentda bo‘ladigan janglarda qatnashadigan bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.

49 kilogramm:

Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluev

56 kilogramm:

Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov

64 kilogramm:

Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov

75 kilogramm:

Isroil Madrimov - Rajab Rajabov

91 kilogramm:

Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam

“Uzbek Tigers" va "Patriot boxing team" uchrashuviga oid xabar va yangiliklarni, uchrashuvning matnli translyatsiyasi va foto-videoreportajlarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!