Uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan engilmas bokschimiz raqibini hayratga soldi

  • 3 oktabr, 2017, 00:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

Professional ringda 19 ta jangda g‘alaba qozonib, bir marotaba durang natija qayd etgan Sherzod Husanov uch yarim yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi.

Faoliyatidagi 21-uchrashuvini belaruslik Kirill Samodurovga qarshi o‘tkazgan hamyurtimiz hamon mahorat  bobida muammo yo‘qligini ko‘rsatdi. Uning raqibi professional ringda to‘qqizta jangning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan edi.

Lekin o‘ninchi uchrashuvda bunday bo‘lmadi. Sakkiz raund davomida ustunlik qilgan Sherzod Husanov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!