
"Valensiya" La Liga tarixida ikkinchi bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha “Valensiya” La Liganing 16-turi doirasida safarda “Eybar” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
E’tiborlisi, “ko‘rshapalaklar” shu tariqa chempionat tarixida ilk 16ta turning 10tasida durang qayd etgan ikkinchi jamoaga aylnishdi.
Bunday natijani so‘nggi bor 1982/83 yilgi mavsumda Xixonning “Sporting” klubi qayd etgan edi. O‘sha mavsum xixonliklar chempionatni 8-pog‘onada yakunlashgan.
Ma’lumot uchun, “Valensiya” ayni damda musobaqa jadvalida 14-pog‘onani egallab turishibdi.
Fikrlar