"Valensiya" oradan 19 yil o‘tib mavsumni ketma-ket 5ta g‘alabasiz o‘yin bilan boshladi

  • 24.09.2018 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor “Valensiya” kecha La Liganing 5-turi doirasida safarda “Vilyarreal” bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.

E’tiborlisi, shu tariqa “ko‘rshapalaklar”ning bu mavsumdagi g‘alabasiz seriyasi 5 taga (4ta durang, 1ta mag‘lubiyat) etdi.

Aytish lozimki, “Valensiya”da bunday hol so‘nggi marta 1999/2000 yilgi mavsumda yuz bergan. O‘shanda ular mavsum boshida ketma-ket 4ta bahsda mag‘lub bo‘lishgan va 1ta durang qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Marselino shogirdlari ortda qolgan 5ta tur yakunlariga ko‘ra ayni damda musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!