"Valensiya" o‘z safiga Argentina terma jamoasi a’zosini qo‘shib oldi

  • 01.02.2019 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Selta" himoyachisi Fakundo Ronkalya faoliyatini "Valensiya"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘rshapalaklar” 31 yoshli argentinalik futbolchini mavsum yakunigacha ijaraga olishgan.

Ma’lumot uchun, Fakundo Ronkalya “Selta” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida vigoliklar tarkibida jami 83ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol urishga erishdi. U faoliyati davomida  "Boka Xuniors", "Espanol", "Estudiantes", "Fiorentina" va "Jenoa" kabi klublarda to‘p surgan. Argentina terma jamoasi safida esa 14ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!