Valensiya yanvarda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Antonio Valensiya qishki transferlar mavsumida jamoasini tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Manbada yozilishicha, 33 yoshli futbolchining “qizil iblislar”i bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Bunga sabab u asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va Joze Mourinoni e’tiboridan chetda qolmoqda. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun qishda boshqa jamoaga ketmoqchi.
Valensiyaning xizmatlariga “Vest Xem” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu jamoa mavsum oxirida uni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Yana bir nechta ispan klublari ham uni tarkibga olib kelmoqchi.

Fikrlar