Valverde "Barselona"dagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 28 fevral, 2019, 13:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Barselona" kecha "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

E’tiborlisi, shu kuni Ernesto Valverde kataloniyaliklar boshqaruvidagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. 55 yoshli mutaxassis jamoasi ushbu o‘yinlarning 68tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 23tasida durang qayd etgan. Faqatgina 9ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan xolos. “Barselona” boshqaruvida dastlabki 100ta o‘yinda eng ko‘p g‘alaba qozongan mutaxassislar orasida faqatgina Xosep Gvardiola (71), Elenio Errera (72) va Luis Enrike (80) Valverdedan yaxshiroq natija qayd etgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, Valverde “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida Ispaniya kubogi va Ispaniya chempionatida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!