
Valverde "Barselona"ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde boshlanayotgan yangi mavsum haqida gapirib o‘tdi.
"Mana Primeroning yangi mavsumi ham boshlanmoqda. Umid qilamanki, hammmasi yaxshi bo‘ladi. Barcha frontlarda kurash olib borishimiz uchun biz etarli futbolchilarga egamiz. Lekin oldinda bizni nimalar kutayotganini bilmaymiz. Chunki, transfer derazasi hali yopilganicha yo‘q.
Bizda zo‘r futbolchilar va ajoyib jamoa bor. Maqsadimiz Chempionlar ligasi va La Ligada g‘olib chiqish. Chunki, "Barselona" EChLda g‘olib chiqqan mavsumda ichki chempionatda ham zafar quchgan", - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" bugun La Liganing ilk turida o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qiladi.
Fikrlar