
Valverde: "Espanol"ga qarshi bahs oson kechmaydi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida "Espanol"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrini bildirdi.
- "Barsa" primerada etakchilikni qo‘lga oldi, "Espanol" esa mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bu o‘yinga qanday ta’sir etadi?
- Bu teng kuchga ega bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi bahs. Derbida jamoalar miya bilan emas, yurak bilan harakat qilishadi. "Jirona"ga imkoniyatni boy berganiga qaramay, raqibimiz o‘z uyida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi.
Umid qilamanki, maydonda jamoalar hamda muxlislar bir birlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Bellashuvni o‘tkazib g‘alaba qozongan jamoani qutlash darkor, - dedi Valverde.
Fikrlar