
Valverde: Hali hech narsa hal bo‘lmadi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha “Real”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final dastlabki o‘yinidan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Raqib ilk daqiqalardayoq gol ursa va siz buni tenglashtirsangiz, bu juda yaxshi. “Real” dastlabki daqiqalarda to‘p nazorati bo‘yicha etakchilik qildi. Keyin biz raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Hamma narsa bizning tomonda bo‘lganda esa durang qayd etdik.
Hozircha hech narsa hal bo‘lmadi. Bu qarama-qarshilikda favorit ham yo‘q. Raqib barcha imkoniyatlarini ishga soldi deb aytmagan bo‘lardim. Biz bugungi o‘yin juda qo‘pol va og‘ir bo‘lishini bilgandik”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 27 fevral kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar