Valverde Messini ertaga bo‘lib o‘tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga ham kiritmadi

  • 2 noyabr, 2018, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde argentinalik hujumchi Lionel Messini La Liganing 11-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

Ispaniyalik mutaxassisning fikricha Messi hali maydonga tushishga tayyor emas. Eslatib o‘tish lozimki, 31 yoshli futbolchi “Sevilya”ga qarshi bahsda qo‘lidan jarohat olgan shundan so‘ng bir necha hafta davolanib, yaqindagina mashg‘ulotlarga kirishdi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu o‘yinda kataloniyaliklar safida shuningdek Samyuel Umtiti, Tomas Vermalen, Denis Suares, Serji Samper va Malkomlar ham o‘tkazib yuborishadi.

Ma’lumot uchun, "Rayo Valekano" - "Barselona" bahsi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!