Valverde Muriloning ijaraga olinishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi

  • 22 dekabr, 2018, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Valensiya” himoyachisi Jeyson Muriloning ijaraga olinishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bizning himoya markazimizda muammolar bor. Shu kungacha bir amallab maydonga chiqdik, ammo kelajakda nimalar bo‘lishini bilmaymiz. Shu bois biz ushbu pozitsiyaga La Ligada to‘p surgan mahoratli futbolchi qidirdik. Murilo esa bu borada bizga eng ideal nomzod bo‘ldi”, - deydi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Vermalen va Samyuel Umtitilar uzoq muddatga safdan chiqishgach, “Barselona” kolumbiyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!