
Venger: Mukammal futbolchi yo‘q, biroq Messi ushbu darajaga etishga yaqin turibdi
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Barselona" yulduzi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Tan olish kerak, mukammal futbolchilar mavjud emas. Biroq, Messi ushbu mukammalikga eng yaqin turgan futbolchidir. U jamoadoshlariga ham raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun yordam beradi, o‘zi ham gol uradi. Ammo Leoning ham zaif tomonlari mavjud.
Uning o‘yin uslubini tahlil qilganda, shuni guvohi bo‘lishingiz mumkinki, Messining ikkinchi qavatdagi hamda himoya chizig‘idagi zaifliklari yaqqol ma’lum bo‘ladi.
Ammo futbolchining o‘yinini zaif tomonlari ko‘rsatmaydi. Murabbiyning vazifasi shundan iboratki, u o‘yinchining kuchini yuqori darajaga chiqarib berishi darkor, - deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi football.london nashri.
Fikrlar