Verner "RB Leyptsig"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin

  • 16 yanvar, 2019, 11:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi o‘zining to‘purar hujumchisi Timo Vernerni jamoada olib qolish yo‘llarini izlamoqda.

Tecno

Bulinews tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa rahbariyati 22 yoshli futbolchiga yillik maoshi 6 mln evro bo‘lgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Qayd etish lozimki agar ushbu kelishuv imzolansa, Verner jamoa tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Ular o‘rtasidagi amaldagi shartnoma esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Unga ayni damda "Real", "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Timo Verner joriy mavsum Bundesliganing 17ta o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi. Uning transfer bahosi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!