"Vest Xem" Axmedovning sobiq jamoadoshi uchun 15 mln evro sarflamoqchi

  • 30 mart, 2018, 22:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Krasnodar” klubining xujumchisi Fyodor Smolov faoliyatini Angliyada davom etirishi mumkin.

Rossiya terma jamoasi a’zosiga Angliyaning “Vest Xem” klubi qiziqish bildirmoqda. Miror nashrining xabar berishicha londonliklar Smolovning transferi uchun 15 million evro sarf qilishni rejalashtirishmoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, “Vest Xem” o‘tgan yozgi transfer bozorida ushbu o‘yinchini o‘z safiga qo‘shmoqchi edi, biroq Fyodorning jismoniy tayyorgarligiga shubha qilishgandi.

Ma’lumot uchun, londonliklar bosh murabbiyi Devid Moyes mavsum yakunida jamoaning xujum chizig‘iga yangilik kiritishini aytib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!