“Vest Xem” o‘z safiga “Barselona” himoyachisini qo‘shib olmoqchi

  • 28 may, 2018, 00:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi yozda "Barselona" himoyachisi Marlonni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi nashrning yozishicha londonliklar allaqachon 22 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “ko‘k-anor ranglilar”ga o‘zlarining rasmiy takliflarini yuborishgan. Biroq, hozircha ushbu transferning narxi borasida xabarlar oshkor etilmayapti.

Ma’lumot uchun, Marlon yakunlangan mavsumni Frantsiyaning “Nitstsa” klubida ijara asosida o‘tkazdi va jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!