“Vest Xem” qishda Jiruni sotib olishga urunib ko‘radi

  • 18.10.2018 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni omadsiz o‘tkazayotgan Londonning “Vest Xem” klubi qishki transferlar davrida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "bolg‘achilar" bu borada “Chelsi” forvardi Olive Jiruni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli frantsiyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggiga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, “Vest Xem” Jiruni o‘tgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Biroq, o‘shanda “Arsenal” futbolchisi hisoblangan Jiru yakunda “Chelsi”ni tanlagan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda “Vest Xem” shuningdek “Roma” forvardi Edin Jekoga ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!