Viera tez orada “Nitstsa” bosh murabbiyiga aylanadi
“Nyu-York Siti” klubi bosh murabbiyi Patrik Viera “Nitstsa” klubini boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RMC xabar bermoqda.
Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgani aytilmoqda. Endilikda frantsiyalik mutaxassis AQSh klubi bilan bitimni bekor qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Viera 2016 yilning yanvaridan buyon “Nyu-York Siti”ga ustozlik qilib kelmoqda. Joriy mavsumda uning jamoasi 14 o‘yindan keyin Sharqiy konferentsiyada 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar