
Viktor Mozes Nigeriya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Viktor Mozes o‘zining Nigeriya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
“Ko‘p o‘ylanishlardan so‘ng Nigeriya terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Men terma jamoa libosida hayotimdagi eng unutilmas lahzalarni his qildim. Bu xotiralar hayotim so‘nggiga qadar o‘zim bilan birga qoladi.
Aynan hozir terma jamoadan ketishim uchun eng yaxshi vaziyat. Endi bor e’tiborimni oilamga va klubdagi faoliyatimga qaratmoqchiman. Umid qilamanki, mening ketishim nigeriyalik yosh iqtidorli futbolchilarning o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun imkon yaratadi”, - deydi Mozes.
Ma’lumot uchun, Mozes Nigeriya terma jamoasi safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 37ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishgan.
Fikrlar