Villian "Barselona"ning taklifiga o‘z javobini berdi

  • 03.07.2018 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian uning transferiga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Barselona”ga o‘z javobini berdi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli braziliyalik futbolchi ham “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tishga qiziqmoqda. Biroq, ushbu transferning amalga oshishi ko‘p jihatdan “aristokratlar” rahbariyatiga bog‘liq. Agar ular futbolchining 80 mln evrolik narxini pasaytirishsagina ushbu kelishuv amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Villianga “Manchester Yunayted” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!