Villian: Oilam ham, men ham Londondan ketishni istamaymiz
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian jamoadan ketish niyati yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.
“Menga London yoqadi va oilamdagilar ham bu erni yaxshi ko‘rishadi. “Chelsi”da o‘ynab juda katta zavq olaman, bu shunchaki fantastika. Men 5 yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelmoqdaman va umid qilamanki bu kelajakda ham davom etadi. Men ham, oilam ham bu erdan ketishni istamaymiz”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar