Vinus Uilyamsning uyidan 400.000 AQSh dollarini tunab ketishdi
Amerikalik tennischi Vinus Uilyamsning Floridadagi uyi noma’lum kimsalar tomonidan tunab ketilgan.
«US Open – 2017» musobaqasi vaqtila Vinusning uyiga o‘g‘rilar kirib, qiymati 400.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan qimmat baho narsalarni o‘marib ketishgan.
Mahalliy politsiyaning xabariga ko‘ra, bu voqea joriy yilning 1 5 sentyabr kunlari bo‘lgan. Hozirda, ushbu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fikrlar