Vitsel faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin

  • 23 dekabr, 2018, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bristol Live nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 29 yoshli belgiyalik futbolchini “Manchester Yunayted” o‘z safiga chorlamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda Vitselning xizmatlariga shaxsan MYuning yangi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Vitsel “Borussiya” safiga yozda Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U hozircha dortmundliklar safida 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!