Vodilda kurash bayrami bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

  Farg‘ona tumanidagi Vodil qishlog‘ining "Chinor tagi" madaniyat va istirohat bog‘ida an’anaviy kurash bayrami bo‘lib o‘tmoqda. Kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan respublika ochiq turnirida qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston polvonlarining ham ishtirok etayotganligi bayramga yanada fayz bag‘ishlab turibdi. Kurashchilar orasida ommaga mashhur bo‘lgan Hamid hamda Temir polvonlar xotirasiga uyushtirilayotgan mazkur turnirda 8 ta vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tyapti. Ayollar esa  sportning kurash turi bo‘yicha 3 ta vazn toifasida davraga tushadilar.

                                                                  Ilhom RAHMONOV, Sports.uz portali uchun maxsus.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!