
Voleyboy. O‘zbekiston chempionatining 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi
Samarqand shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston XXVI milliy chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra poytaxtning "Orient" jamoasi o‘z ochkolari sonini 35taga etkazib oldi va peshqadamligini yanada mustahkamladi. Ikkinchi o‘rinni 25 ochko to‘plagan Olmaliqning OTMK jamoasi egallab turibdi.
Kuchli uchlikka 11 ochko jamg‘argan Navoiy viloyatining "So‘g‘diyona" jamoasi yakun yasagan. "Yoshlik" (10 ochko) va "O‘zbektelekom" (9 ochko) jamoalari mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinni band etganlar.
Uchinchi turda quyidagi natijalar qayd etildi:
"Orient" - OTMK 3:1
"So‘g‘diyona" - "Yoshlik" 3:0
OTMK - "Yoshlik" 3:1
"Orient" - "So‘g‘diyona" 3:0
"Yoshlik" - "O‘zbektelekom" - 3:0
OTMK - "O‘zbektelekom" 3:0
"Orient" - Yoshlik" 3:0
"So‘g‘diyona" - "O‘zbektelekom" 1:3
OTMK - "So‘g‘diyona" - 3:2
"Orient" - "O‘zbektelekom" 3:0
Shuningdek, kecha Jizzax shahrida 1999-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida VII O‘zbekiston chempionatining ikkinchi tur bahslari start oldi. Mazkur bellashuvlar ettinchi aprelgacha davom etadi.
Fikrlar