WSB supervayzeri: O‘zbekiston doimo musobaqalarni yuksak saviyada o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ushbu nufuzli musobaqa supervayzeri janob Muhammad Mustahzaniy o‘z fikrlarini bildirdi.


Ertaga Toshkent shahrida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

- O‘zbekiston har qanday nufuzli sport anjumanlarini yuqori saviyada tashkil etishga qodir mamlakat, - dedi Muhammad Mustahzaniy. - O‘tgan yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan WSB turnirining final uchrashuvi ham yuksak darajada o‘tdi. Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA o‘z musobaqalarini o‘tkazishdan oldin, uzoq muddat puxta tayyorgarlik ko‘radi. Toshkentda “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga ham har jihatdan mukammal sharoit yaratilgan. Ertaga juda qizg‘in musobaqa guvohi bo‘lamiz.

Turnir supervayzeri bo‘lajay uchrashuvda bokschilarga omad tiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!