Xabib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan jang qilmoqchi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
"Meyvezer qaridi. Ammo u juda ham mashhur "qari baliq". Siz uning ajoyib natijalarini bilasiz (Meyvezer faoliyatidagi 50 jangning barchasida g‘alaba qozongan, muallif). Agarda men to‘qnash kelsam, bu natijani to‘xtata olaman. U juda ham qari va vazn jihatdan mendan kichik.
Mazkur jang mening kelajagim uchun ham yaxshi bo‘lar edi: nomlar uchun ham, pul jihatidan ham, muxlislar uchun ham, umuman barcha uchun", - deb rossiyalik jangchining so‘zlarini keltirib o‘tdi Submission Radio.

Fikrlar