Xabib Nurmagomedov: Men Ronalduni kalondimog‘ odam deb o‘ylar edim, ammo…
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan tanishuvi borasida so‘zlab berdi.
“Men u bilan ijtimoiy tarmoqda yozishdim va ikki kundan so‘ng “Real” meni o‘yinga taklif qildi. O‘ylashimcha, bu Ronaldu tufayli bo‘ldi, ammo buni o‘zidan so‘raganimda, ushbu ishga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Uchrashuvdan keyin esa biz o‘zaro muloqot qildik. Menga uning qanday qilib, shuncha yillar davomida top darajada qolayotgani qiziq edi. U 2004 yildan buyon jahonning eng kuchli uch futbolchisidan biri sifatida e’tirof etilib kelinadi.
Bizning suhbatimiz qiziq o‘tdi. Men uni boshqacha tasavvur etar edim: kalondimog‘, takabbur deb, ammo ko‘rdimki, Ronaldu bunday emas. U oddiy, samimiy inson”, – deb aytib o‘tdi mashhur jangchi.

Fikrlar