
Xabib Nurmagomedovga raqib topildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap o‘g‘lining Jorj Sen-Per bilan urushishini istamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xabib u bilan uchrashish uchun yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tishga tayyor.
– Bu men orzu qilgan qarama-qarshilik, – deydi katta Nurmagomedov. – Sen-Per 9 marta chempionlik kamarini himoya qilgan va ikki vazn toifasida eng yaxshi sportchi bo‘lgan. Biz hattoki, 74 kg vaznda Sen-Per bilan urushishga kelishdik. 75 kg bo‘lishi mumkin. Bu albatta, Sen-Per bu vazn qulay bo‘lsa.
– Hattoki, 77 kg.gacha ko‘tirilishimiz mumkin. U bilan yarim o‘rta vazn toifasida chegarasi bo‘lgan vazngacha uchrashishimiz mumkin. Bu bizning vazn toifamiz emas.
Fikrlar