Xames "Bavariya"da qolishni xohlamayapti

CHERY AUTO

"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges yaqin orada jamoa rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Bild nashrining xabar berishicha, kolumbiyalik xavbek mavsum yakunida jamoani tark etishni xohlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xamesga APLning bir qancha klublari va "Yuventus"ning katta qiziqishi bunga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar Rodrigesni mavsum yakunida "Real"dan 42 million evaziga sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Joriy mavsumda, Xames 23 uchrashuvda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan va 11ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!