Xames Rodriges: "Bavariya"ning omadsizliklari ortda qoldi

  • 21 oktabr, 2018, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges kecha Bundesliganing 8-turidan o‘rin olgan “Volfsburg”ga (3:1) qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Mavsum uzoq va ba’zan omadsiz seriyalar ham uchrab turadi. Omadsiz o‘yinlar ham, g‘alabalar ham bo‘ladi. Hozir omadsizlik chizig‘i yakuniga etdi. Endi yaxshi natijalar bo‘ladi.

Umid qilamanki, “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘lajak o‘yinlarda ruhimizni yanada ko‘taradi”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Niko Kovach boshchiligidagi “Bavariya” bundan avval Bundesliganing so‘nggi 3ta bahsida g‘alaba qozona olmay kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!