"Xarbinda bor alamim manim..." yoxud O‘zbekiston - Suriya o‘yini prevyusi

  • 5 sentabr, 2018, 19:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz internet axborot portali esa mazkur bellashuv prevyusini taqdim etadi. 

Tecno

uzb vs syr2

O‘zaro bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixi

Bir qit’a jamoalari bo‘lsakda, negadir mazkur  jamoa bilan juda ham kam to‘qnash kelgan ekanmiz. O‘zbekiston va Suriya termalari shu vaqtga qadar bor-yo‘g‘i 3 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Kichik ustunlik suriyaliklarda: 2 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat. O‘zaro o‘yinlarda vakillarimiz raqib darvozasiga ikki marta gol kiritishgan va o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqqan.

Dastlabki to‘qnashuv 1996 yilga borib taqaladi. O‘sha yili BAA maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi guruh bosqichida vakillarimiz Suriyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan edi.

geynrix goal

Keyingi ikki qarama-qarshilik esa hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Samvel Babayan boshqaruvidagi termamiz Toshkentda Aleksandr Geynrixning yagona goli evaziga 3 ochkoga ega chiqadi.

geyrrix

Javob uchrashuvi esa Suriyadagi notinchlik sabab neytral maydon - Malayziyada o‘tadi. Afsuski, o‘sha bellashuv ham o‘rganib qolganimiz - so‘nggi daqiqalardagi xatolar sabab mag‘lubiyat bilan yakuniga etgan edi. Egor Krimets jarima maydonimiz ichida raqib futbolchisini yiqitadi va bosh hakam Muhammad Abdulla Hassan Lobanov darvozasiga 90+1 daqiqada (!) penalti belgilaydi. 11 metrli jarima zarbasini esa Omar Xarbin futbol olamida "tahqirli" deya e’tirof etiladigan "Panenka usuli"da amalga oshirib, gol kiritadi va golni Geynrix singari (aslida bu ishni Totti boshlab bergan, muallif) selfi tushish orqali nishonlagani hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

 

Osiyo kubogi-1996. Guruh bosqichi

O‘zbekiston - Suriya 1:2

Gollar: Sergey Lebedev (54 penaltidan) - Nader Joxadar (49), Ali Dib (74).


JCh-2018 saralash bosqichi

O‘zbekiston - Suriya 1:0

Gol: Aleksandr Geynrix (74).


JCh-2018 saralash bosqichi

Suriya - O‘zbekiston 1:0

Gol: Omar Xarbin (90+1).

Aslini olganda, oldingi to‘qnashuvlarning ertangi uchrashuvga umuman aloqasi yo‘q. Zero, har uchchala bellashuv rasmiy maqomda va o‘ta muhim o‘yinlar sifatida o‘tgan. "Milliy" stadionida kechadigan uchrashuv esa Ektor Kuper jamoasi uchun ham, Bernd Shtange jamoasi uchun ham BAAda o‘tadigan Osiyo kubogi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak va o‘rtoqlik maqomida o‘tadi.

***

Kadrlar masalasi

Ektor Kuper 22 avgustda boshlangan yig‘in uchun 30 futbolchini jalb etgan edi. Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov cingari legionerlar yaqinda tarkibga kelib qo‘shilishdi. Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" klubida faoliyat olib boradigan Shoxrux Gadoev va Sanjar Tursunovlar 7 sentyabrdan terma jamoa ixtiyoriga etib keladi va o‘z-o‘zidan ayonki, ular ertangi o‘yinda ishtirok etishmaydi.

Shuningdek, Aziz Haydarov ham mashg‘ulotlarda jarohat olib BAAga ketganini qo‘shimcha qilish joiz.


Fikrlar

Ektor Kuper: Terma jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar eng kamida bir oydan so‘ng ko‘zga tashlanishiga umid qilyapman. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomoniga men tomonimdan qo‘yilgan barcha talablar ijobiy qondirib kelinmoqda. Men imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holda harakat qilaman va ayrim kamchiliklar yuzaga keladigan bo‘lsa, buni bahona qilib ish uslubimni o‘zgartirmayman. Lekin shu kungacha hech qanday kamchilik kuzatilgani yo‘q.

Futbolchilarga aytadigan eng birinchi gapim, Vataningizni va terma jamoangizni doimo seving! 

Odil Ahmedov: Suriyaga qarshi o‘yinda oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bor imkoniyalarimizni ishga solamiz.


Bernd Shtange: O‘zbekiston bilan o‘yin Suriyaning navbatdagi rasmiy o‘yinlariga ya’ni FIFA va OFK tomonidan tashkil etiladigan musobaqalar uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi va bu o‘yin biz uchun juda ham muhim. Biz O‘zbekiston bilan o‘yinga asosan legionerlarni taklif etdik.

Umar al Soma: Ma’lum vaqt terma jamoa o‘yinida qatnashmadim va yana taklif olganimdan so‘ng ular bilan birgaman. Suriya terma jamoasini oldinda kutib turgan barcha musobaqalarda ijobiy natijalar qayd etishni istaymiz.


Fakt

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 6 iyun sanasidan buyon g‘alaba qozona olmay kelyapti. Ya’ni "oq bo‘rilar"ning g‘alabasiz  seriyasi oz emas, ko‘p emas - 8 taga etdi. To‘g‘ri, ularning aksariyatida biz kuchli jamoalarga mag‘lub bo‘lganmiz yoki durang natija qayd etganmiz, ayniqsa, 2018 yilda.

Qizig‘i, Suriyada ham deyarli xuddi shu ahvol. Ular so‘nggi bor o‘tgan yili 31 avgust sanasida JCh-2018 saralashi doirasida Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etishgan va shunday so‘ng o‘tkazilgan qatorasiga 6 o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bundan shunday xulosa qilish kerakki, demak, ertaga qaysidir jamoaning bu noxush an’anasi tugaydi yoki yana davom etaveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!