Xarri Keyn: Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish umidi saqlanib turibdi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn jamoasining Chempionlar ligasida pley-offga chiqa olishiga umid qilayotganini aytdi.
“PSV ustidan qozonilgan g‘alaba bizga pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolishga yordam berdi. Lekin, endi qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqish uchun kurashamiz.
Biz hamon shu erda, Chempionlar ligasidamiz va keyingi bosqichga chiqish umidi hali mavjud. “Inter” “Uembli”ga kelganida ham xuddi shunday o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimiz lozim.
Biz “Barselona”ga qarshi yaxshi o‘ynadik, ammo 2:4 hisobida yutqazib qo‘ydik. Agar biz “Inter”ga qarshi o‘yinda kerakli natijani qayd eta olsak, “Kamp Nou”ga o‘zimizda ishonch bilan boramiz”, - deydi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda “Barselona” 10 ochko to‘plagan holda muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda “Inter” (7) va “Tottenxem” (4) bormoqda.

Fikrlar