Xarri Keyn EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn Evropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Turnirning guruh bochqichi 4-turida ingliz futbolchisi PSV (2:1) darvozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan edi.

Shuningdek, ushbu mukofotga Riyad Mahrez (“Manchester Siti” a’zosi. “Shaxter”ga o‘yinda 1 gol va 2 golli uzatma), Karim Benzema (“Real” - dubl va golli uzatma “Viktoriya”ga qarshi o‘yinda) va Milan Pavkov (“Tsrvena Zvezda”. “Liverpul”ga qarshi o‘yinda dubl) da’vogarlik qilgan.

Fikrlar