Xarri Keyn: "Tottenxem" bugungi o‘yinda "Manchester Siti" g‘alaba qozonishini istaydi

  • 3 yanvar, 2019, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn bugun APLning 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz "Manchester Siti" g‘alaba qozonishini va oradagi farqni qisqartirishini xohlaymiz. Ammo, bu bizga bog‘liq emas. Asosiysi, biz o‘zimizning o‘yinlar haqida o‘ylashimiz va ularda g‘alaba qozonishimiz kerak, tamom", - deydi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda premer-ligada 54 ochko to‘plagan "Liverpul" peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikni esa "Tottenxem" (48) va "Manchester Siti" (47) klublari yakunlab turishibdi.

Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" - "Liverpul" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!