Xatosini tan olgan ikki superfutbolchi "Real"ga qaytadi
O‘z vaqtida "Real"da porlagan ikki yarim himoyachisi - argentinalik Anxel Di Mariya va germaniyalik Mesut O‘zil Madrid jamoasidan ketib xato qilganini tan oldi va ular sobiq jamoalariga o‘z xizmatlarini taklif qildilar.
Anxel Di Mariya PSJning o‘yin uslubiga ko‘nika olmadi va faoliyatining bu tarzda kechishi unga umuman ma’qul kelmayapti. O‘zil esa "Arsenal" bilan 2018 yilgacha davom etadigan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. U ham Ispaniyaga qaytmoqchi.
"Real" rahbariyati, xususan klub prezidenti Florentino Peres bu ikki futbolchi atrofidagii voqealarni kuzatib bormoqda va har ikkisi ham qaytsa, jamoa o‘yini yanada kuchayadi, degan fikrda.

Fikrlar