
Xaver Maskerano 7 yil deganda “Barselona” uchun ilk golini urdi
Ispaniya chempionati 34 turida “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qilib, 7:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Kataloniyaliklar himoyachisi Xaver Maskerano uchrashuvning 67-daqiqasida penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, “Barselona” uchun birinchi marta gol urdi. Bu tarixiy gol bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safidagi ilk golini urish uchun uzoq vaqt kutdi. Buning uchun Maskeranoga 7 yil yoki 319 o‘yin kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2010 yili “Liverpul” klubida “Barselona” jamoasiga o‘tgandi.
Fikrlar