Xavi murabbiylik faoliyatini Qatarda boshlaydi

  • 23 noyabr, 2018, 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda faoliyatini Qatarning “Al-Sadd” klubida davom ettirayotgan ispaniyalik futbol yulduzi Xavi tez orada murabbiylik faoliyatini boshlashi haqida aytdi.

“Men futbolni yaxshi ko‘raman va unda qolishning eng yaxshi yo‘li bu murabbiy bo‘lishdir. Bu yil men uchun futbolchi sifatida so‘nggisi bo‘ladi. Xayrlashish vaqti keldi. Bu men uchun oson emas, ammo vaqti keldi. Murabbiy bo‘lish uchun esa ko‘p vaqt kerak. Bu borada boshlang‘ich mahoratga ega bo‘lish uchun faoliyatimni Qatarda boshlamoqchiman. Meni “Barselona”da murabbiy sifatida kutishmoqda, ammo hozir bunga tayyor emasman. “Barselona”ni shug‘ullantirish shunchaki oddiy so‘z emas”, - deydi Xavi.

Ma’lumot uchun, Xavi “ko‘k-anor ranglilar” safida 1998-2015 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!