Xitoy klubi "Bavariya" hujumchisi uchun 5 mln evro taklif qildi

  • 29 yanvar, 2019, 15:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Sandro Vagner faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli germaniyalik futbolchiga “Tyantszin Teda” klubi jiddiy qiziqib qolgan va buning uchun myunxenliklarga 5 mln evro taklif qilgan. Biroq, ushbu taklif “Bavariya”ni qoniqtirmagan. Ular futbolchisini qimmatroq baholashmoqda. Chunki, nemis grandi Vagnerni bundan bir yil muqaddam “Xoffenxaym”dan 13 mln evroga sotib olgan edi.

“Tyantszin Teda” esa Vagnerning o‘ziga 2 yillik shartnoma va yaxshigina maosh va’da qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vagner joriy mavsum Bundesligada jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!