
Xokkey. "Binokor" yana mag‘lub bo‘ldi, "Semurg‘" etakchilikni qo‘lga oldi
«Ice City» majmuasidagi bahslarning dastlabkisida «Binokor» va «Semurg‘» jamoalari to‘qnash kelishdi. Murosasiz kechgan bahsda «Binokor» 5:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi uchrashuvda esa «Humo» «Toshkent»ni 6:5 hisobida taslim etdi.
Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, «Semurg‘» hisobidagi g‘alabalar soni ikkitaga etdi. «Toshkent» va «Humo» bittadan g‘alabaga ega. O‘zbek xokkeyi tarixida o‘z nomiga ega bo‘lgan «Binokor» esa hozircha har ikkala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchragan.
Uchinchi tur uchrashuvlari 15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar