Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida dastlabki uchrashuvlar yakunlandi

  • 9 fevral, 2019, 08:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Bugun, 8 fevral kuni mustaqil O‘zbekiston tarixida xokkey bo‘yicha ilk marotaba mamlakat chempionati boshlandi. Uchrashuvlar oldidan O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan va unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etgani haqida xabar berib o‘tdik.

Ochilish marosimidan so‘ng uchrashuvlarga start berildi. Ilk tarixiy o‘yinda «Toshkent» hamda «Binokor» jamoalari muzga chiqishdi. Qizg‘in kechgan bahsda «Toshkent» xokkeychilari 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi o‘yinda esa «Humo» jamoasi «Semurg‘»ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi tur uchrashuvlari 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Binokor» «Semurg‘»ga qarshi muzga chiqsa, «Toshkent» «Humo»ni sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar poytaxtimizdagi «Ice City» majmuasida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!