Xollouey Ortegaga qarshi jang oldidan nimalar dedi?
UFC o‘rta og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Maks Xollouey bir necha kundan so‘ng Brayan Ortegaga qarshi jang qilishi oldidan raqib haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bir necha davrlar oldin odamlar oxirgi nafasgacha jang qilishgan. Ortega esa shunday insonlardan biridir. Har bir raundda u juda xavfli harakat qiladi, bu borada men e’tiborli bo‘lishim darkor. Brayan yaxshi uchrashuvlar o‘tqazgan, biroq endi kuchli raqiblar bilan kurashish vaqti keldi. Tezroq oktagonga chiqib kim chempion ekanligini hammaga ko‘rsatishni istayman. Albatta, Ortegani hurmat qilaman, ammo men undan kuchliroqman, - deya Xolloueyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie nashri.
Ma’lumot uchun Xollouey - Ortega bahsi 7 iyul kuni UFC 226 doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar