Xoxfiltsenda bugun so‘nggi poyga o‘tkaziladi

CHERY AUTO

Avstriyaning Xoxfiltsen shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichi bugun yakunlanadi. Unda erkaklar va ayollar estafeta poygasi bo‘yicha bahslashadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bosqichning sprint poygasida belaruslik Darya Domracheva ayollar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida norvegiyalik Yoxannes Tingnes Byo marraga birinchi bo‘lib kelgan.

Shuningdek, ta’qib poygasining ayollar o‘rtasidagi bahsda slovakiyalik Anastasiya Kuzmina birinchi o‘rindan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda norvegiyalik Yoxannes Tingnes Byoga teng keladigani topilmadi.

Jahon kubogida finlyandiyalik Kaysa Makaryaynen 196 ochko bilan frantsiyalik Marten Furkad 264 ochko bilan umum hisobda birinchi pog‘onada bormoqda

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!