
Xuanfran: Kosta o‘ynash istagi bilan yonayotkanini kuzataman
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Xuanfran xujumchi Diego Kostaning maydonga tushishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Ispaniya terma jamoasi xujumchisi xozirda FIFAning qarori ila maydonga chiqa olmaydi, ammo 29 yoshli futbolchi jamoaga ikkinchi davra o‘yinlarida yordam berishi mumkin.
- Kundan-kunga Kostaning maydonga tushishi yaqinlashmoqda. Shuni ta’kidlashim kerak, uning yaxshi formada ekanligini va Diego o‘ynash istagi bilan yonayotkanini kuzataman. O‘ylashimcha, bu futbolchi “Atletiko”ning xujumini kuchaytirishda juda katta rol o‘ynaydi, - deydi futbolchi marca.com nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Simeonening shogirdlari La Liganing 13 turi bo‘yicha 27 ochko to‘plab 3-o‘rinni egalab turibdi.
Fikrlar